Ushbu ma‘ruza matni Muhandislik kompyuter grafikasi fanidan o‘tiladigan
“Tutashmalar va lekalo egri chiziqlar” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda tutashma tushunchasi, ikki to‘g‘ri chiziqni radiusi berilgan yoy bilan tutashtirish, parallel to‘g‘ri chiziqlarning tutashmalari, ichki urinma, tashqi urunma va lekalo egri chiziqlarning qayerda uchrashi, episikloida, giposikloida, evol’venta, arximed spirallari haqidagi ma‘umotlar ingliz va o‘zbek tillarida bayon etilgan. Amaliy grafik uchun namuna keltirilgan va talabalar bajarishi uchun topshiriqlar berilgan hamda asosiy atamalar izohli-glossariy keltrilgan. Ma’ruza 2 - bosqich, 60210400 - Dizayn: interyer dizayni ta‘lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan.