Mulohazalar algebrasining tavsifini berishda biz mulohazalarning mantiqiy qiymatlaridan (rost, yolgʻondan) foydalandik. Ammo rost va yolgʻon tushunchalar matematik tushunchalar emas. Bu tushunchalar koʻp hollarda subyektiv va koʻproq filosofiyaga tegishlidir. Bunga muvofiq rost va yolgʻon tushunchalardan foydalanmasdan matematik mantiqni qurish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga bu qurishda mantiq qonunlarning oʻzlaridan foydalanmaslik zarur. Mulohazalar hisobi bu interpretatsiyasi mulohazalar algebrasi boʻlgan aksiomatik mantiqiy sistemadir.