Mazkur kontent 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishining “Jahon adabiyoti” majburiy fani dasturi bo‘yicha tayyorlangan. Unda Uyg‘onish davri shoirlari sonetlarni turkumlarga joylashtirganligi, biror tanlangan mavzu atrofida syujet birlashtirilganligi, Petrarkada Madonna Laura sonetlar sikli 317 ta sonetni birlashtirganligi 1-guruhi “Madonna Lauraning hayotiga”, 2-guruh “Madonna Lauraning o‘limiga” deb atalishi xususida so‘z boradi. Sonetlarda sevgi sururi, xatar iztiroblari, qayg‘u, alam, vafo, sadoqat kabi tuyg‘ular, ya’ni oshiq kechinmalarining aks etganaynan sonet janridagi she’rlar misolida tahlil qilingan. Qo‘llanmaning ilovalar qismida nazorat savollari, testlar banki, shu sohaga tegishli terminlardan iborat glossariy berilgan. Kontent Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi talabalari, magistrantlari hamda shu soha bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarga mo‘ljallangan.