Oybek Normurodov Berdimurod o`g`li 11:30:52 |
Mazkur o‘quv kontenti 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘tilayotgan “Adabiyotshunoslik nazariyasi” fanining “Badiiy obraz turlari” mavzusiga bag‘ishlangan. Unda badiiy obraz tushunchasining mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, adabiy jarayondagi o‘rni va estetik ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, obraz, xarakter, tip, personaj hamda prototip tushunchalarining o‘zaro munosabati tahlil qilinib, badiiy obrazlarning asosiy turlari va tasnifi haqida nazariy ma’lumotlar beriladi.
Mavzuni o‘zlashtirish jarayonida talabalarning adabiy-nazariy bilimlarini mustahkamlash, badiiy asarlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish va obrazlarni farqlash malakasini shakllantirish ko‘zda tutiladi. O‘quv kontenti filologiya yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nazariy bilimlarni badiiy misollar asosida chuqurlashtirishga xizmat qiladi. |
Ko'chirildi: 0
|
0
|
![]() |
|