Mazkur o‘quv kontenti 60230200 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Matnning pragmatik tahlili” fani uchun amaliy mashg‘ulotlarida foydalanishga mo‘ljallangan metodik materialdir. Ushbu o‘quv mashg`ulotlari kontenti “Matnning pragmatik tahlili” fanining nazariy va metodologik asoslarini qamrab oladi.
Mashg‘ulotlar davomida matnning kontekstual muhiti, nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va subyektlararo munosabatlar pragmatik nuqtayi nazardan tadqiq etiladi.