Tasviriy san’at fani bo`yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda «Tasviriy san`at metodikasi» pedagogika kollejlarda o`rganiladigan maxsus o`quv fanlardan biri bo`lib, u bo`lajak bosh lang`ich ta’lim o`qituvchilarini tasviriy san’atdan amaliy mashg`ulotlarda metodik jihatdan tayyorgarligini takomillashtirishning muhim omilidir. Bu nazariy va amaliy mashg`ulotlar talabalarni badiiy-kasbiy ilimini, malaka va mahoratini shakllantirishga hamda ularni maktab o ‘quvchilari va pedagogika kollej talabalariga badiiy ta’lim-tarbiya berish jarayonida qollashga va o ‘rgatishga qaratilgan.