Mazkur fan dasturi bakalavriat yo’nalishi: 5112000 – Jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi uchun mo’ljallangan bo’lib, “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanida O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya tiziminin grivojlanishi, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, metodlari, o’rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari haqida nazariy va amaliy ta’lim berishni ta’minlovchi sohani o’rganish fani bo’lib hisoblanadi. Jismoniy tarbiya amaliyotida ulardan foydalanish masalalariga muhim o’rin berilgan. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi o’quv fani sifatida bakalavrlarni jismoniy madaniyat jarayonida ularning kasbiy-amaliy faoliyatiga keng nazariy va amaliy xarakat ko’nikmalarini shakllanishiga hamda harakatlarga o’rgatish metodlari va metodikalarini ochib berishdan iboratdir, shuningdek, o’rgatish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalarini o’z bilim doirasiga qamrab oladi.