Labaratorya mashg`ulotlarning maqsadi va vazifalari. Oliy ta`lim muassasalarida Tuproq va agroekologiya fanini o`qitish shakllari ma`ruza, laboratoriya va amaliy mashg`ulotlari sanaladi. Fanni o`qitishda ma`ruza mashg`ulotida talabalar nazariy bilimlarni o`zlashtirsalar, laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarda esa, o`zlashtirilgan nazariy bilimlar, amaliyotga joriy etish amalga oshiriladi. Shu sababli, amaliy mashg`ulotlarni maqsadga muvofiq tashkil etish, mazkur mashg`ulotlarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar Amaliy mashg`ulotlarining maqsadi – talabalarni faol ta`lim olish jarayoniga jalb qilish, ularda bilish, izlanish ko`nikma va malakalarini rivojlantirishga yordam berish, oliy ta`lim muassasalari ushbu fani bo`yicha o`quv materiallarini puxta o`zlashtirishga o`rgatish.