Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Nozimjon Komilov Abduraximovich 22.11.2024-15:40:53

Muallif (lar): Texnologik ta’lim kafedrasi dotsenti v.b, t.f.f.d A.T.Umirov
Chiqarilgan yili: 2023
Resurs betlari soni: 156
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): pdf

Qovun, tarvuz va qovoq yetishtirishni o’rganuvchi qishloq xo’jalik sohasiga
polizchilik deb aytiladi. Polizchilik fan sifatida qovun, tarvuz va qovoq o’simliklarining
morfologik va biologik xususiyatlarini o’rganish bilan birga, ulardan yuqori hosil
yetishtirish yo’llarini ham ishlab chiqadi.
Polizchilikning asosiy vazifalaridan biri-aholini yil davomida poliz mevalariga
bo’lgan talabini qondirish, yuqori texnologiyalar, mexanizatsiyani qo’llab, sarfxarajatlarni
kamaytirishdir.
O’zbekiston asrlar davomida polizchilik keng rivojlangan mintaqa hisoblanib,
so’nggi yillarda bu sohaga yangi texnologiyalar joriy qilish ustida ilmiy izlanishlar olib
borilmoqda. Bundan maqsad, mavjud bo’lgan ekin maydonlarini kengaytirmasdan,
yangi texnologiya va mexanizatsiyalarni joriy etib, yuqori va sifatli mahsulot
yetishtirishdir.
Soha mutaxassislari oldida O’zbekistonda poliz ekinlarining potensial hosilini
yanada oshirish, aholini poliz mevalari bilan mumkin qadar uzoqroq vaqt ta’minlash,
buning uchun esa ertapishar va uzoq vaqt saqlanuvchan navlar yaratishdek muhim
masala turibdi.
So’nggi yillarda bir qancha yangi navlar yaratildi, ularning agrotexnikasi ishlab
chiqildi, fan sohasida erishilgan yutuqlarni amalda qo’llash natijasida hosildorlik bir
muncha ko’tarildi.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Polizchilik
 
Ko'rildi: 11     Ko'chirildi: 2


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz