Uslubiy ko‘rsatmalarning maqsadi, talabalarda metrologiya asoslari bo‘yicha zamonaviy texnik o‘lchash vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan to‘g‘ri foydalanishlari uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Asosiy tushunchalar hamda ularga ta’luqli bo‘lgan, talabalarning mustaqil ravishda tayyorlanishlari uchun kerakli nazariy ma’lumotlar, ushbu nazariy bilimlarni amalda mustaxkamlash uchun nazorat savollari, har bir ish bo‘yicha tushuntirish va ko‘rsatmalar berilgan.