Kitobda analitik kimyoning qisqacha tarixi, rivojlanish tendensiyalari,
ahamiyati, vazifalari, asosiy tahliliy obyektlar, ulardan namuna olish, namunani analizga tayyorlash, kimyoviy metrologiyaning nazariy va amaliy masalalari, analitik signal, to ‘g ‘rilik va qayta takrorlanuvchanlikningstatistik mezonlari bayon etilgan. Analizda ishlatiladigan asosiy reaksiyalar (kislota-asosli, oksidlanish- qaytarilish, kom plekslanish, cho`ktirish-eritish), kim yoviy kinetika va muvozanatning nazariy asoslari, ularning analizga tatbiqi batafsil muhokama qilingan. Unda analizning kimyoviy (sifat, miqdoriy: gravimetriya va titrimetriya), elektr kimyoviy (potensiometriya, kulonometriya, polyarografiya, amperometriya, konduktometriya va boshqa), spektroskopiya (atom-emission, atom-absorbsion, fotokolorim etrik, spektrofotom etrik, lyum inessent va boshqa), sorbsion (xromatografiya) usullari bayon qilingan. Kitobda mass-spektrometriya, yadro fizikaviy: aktivasion, izotop suyultirish, radiokimyoviy analiz usullari haqida òà ’lumot va biologik analiz usullari hamda analizni avtomatlashtirish to `g`risida qisqacha tushuncha berilgan. Ajratish va konsentrlash (ekstraksiya, elektroliz, cho ‘ktirish, haydash, flotasiya, zonalab qayta kristallash) usullarining nazariy asoslari, analizda qo ‘llanilishi, imkoniyatlari to ‘liq yoritilgan. |
0
|
|