Akademik qalamtasvir asoslari – barcha tasviriy san‘at turlarining asosi sifatida bo‘lajak pedagog rassomlarga borliqni ko‘rib – kuzatib to‘g‘ri tasvirlash, borliqni idrok etish, qo‘l, ong va sezgilarini shakllantirish hamda bo‘lajak rassom-pedagoglarni tasviriy san‘at asoslariga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yadi. Tasviriy san‘atning asosi bo‘lgan Akademik qalamtasvirning kelib chiqish tarixi va
rivojlanishi, tasviriy san‘at qonun-qoidalari, bo‘lajak tasviriy san‘at o‘qituvchilarini pedagogik jarayonga puxta tayyorlashda Akademik qalamtasvirning ahamiyati haqida so‘z boradi