Geografik axborot tizimlari (GAT) keng tarmoqli soha bo’lib – undan arxitekturada, gidrologiya, geologiya, geografiya, konshunoslik, xaritashunoslik, masofadan obyektlarni o’rganish, yer tuzish, tabiiy resurslarni boshqarish, ekologiya va boshqa sohalarda keng foydalanib kelinmoqda. Ushbu uslubiy ko’rsatma da Geoaxborot tizimlari tarkibiy qismiga kiruvchi va uning asosini tashkil etuvchi ArcGIS dasturi bilan tanishamiz uning dasturiy tarmoqlarida ishlash va ma’lumotlarni tahlil qilish masalalari ko’rib chiqiladi. ArcGIS dasturi paketi dunyoning GAT bo’yicha yetakchi atrof-muhit tizimlari tadqiqot instituti (ESRI) tomonidan ishlab chiqilgan. ESRI “ GAT mahsulotlari dastur ta’minotining integrallashgan kolleksiyasi” sifatida dastur paketini ifodalaydi, unda foydalanuvchi yoki kompaniya GATni to’liq amalga oshirishi mumkin.