Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Alisher Djurayev Janikulivich 10.01.2022-23:34:56

Muallif (lar): U.K.Abduraxmanova
Chiqarilgan yili: 2021
Resurs betlari soni: 8
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): doc.

“Kompleks birikmalar kimyosi” fanining maqsadi - kimyo yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarga kompleks birikmalar kimyosining asosiy qonun va qoidalarini chuqur va izchil tushuntirishdan iboratdir. Jumladan, koordinatsion (kompleks) birikmalarni oddiy birikmalardan farqlanishini, ularning asosiy kimyoviy xossalarini tushuntirishda koordinatsion nazariyaning ahamiyati, kompleks hosil qilish va ligandlar o’rtasidagi kimyoviy bog’larni tabiatini aniqlashda zamonaviy fizikaviy tadqiqotlardan foydalanishni ahamiyati, koordinatsion birikmalar ishtirokida boradigan jarayonlarning mexanizmlarini va koordinatsiyaga uchragan ligandlarning reaktsion qobiliyatini o’zgarishi, metallarni bir-biridan ajratib olish (gidrometallurgiya) jarayoni, ularni aniqlash va o’ta tozalash va boshqalar.
Faning vazifasi - fanni o’qitish davomida quyidagi asosiy mavzular keng yoritiladi, jumladan: kompleks birikmalar to’g’risidagi tarixiy ma’lumotlar, koordinatsion nazariyaning asosiy holatlari, koordinatsion birikmalarning turlari, ularning nomlanishi, kompleks birikmalarda izomeriya turlari, kompleks birikmalarda kimyoviy bog’lanish tabiati, kompleks birikmalarning eritmadagi muvozanatlari, koordinatsion qobig’idagi ligandlarning o’zaro ta’sirlashuvi, trans- va tsis- ta’sirlashuv qonuniyatlari, koordinatsion birikmalarning kislota-asoslik xossalari va ularning oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari, ligandlarning koordinatsion qobig’ida ketadigan reaktsiyalar haqida va koordinatsion birikmalarning qo’llanish sohalari haqida ma’lumotlar berishdan iborat.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Kompleks birikmalar kimyosi
 
Ko'rildi: 425     Ko'chirildi: 4981


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz