Tasviriy san’atning nazariyasini muntazam o`rganish, ushbu ta ’limni muvaffaqiyatli o ‘zlashtirishning asosi hisoblanadi. Rangtasvir qonun-qoidalarini puxta egallagan talabagina amaliy ijodda samarali shug‘ullanishi mumkin. "Kimda-kim ilmni amaliyotsiz tasavvur etsa, — u bamisoli suzishga eshkaksiz chiqayotgan qayiq haydovchisidir va u hech qachon qayerga ketayotganligiga to‘la ishonch hosil qila olmaydi,— deya ta’kidlagan Leonardo da Vinchi. Ayniqsa rangtasvir sohasida amaliyot hamisha kuchli nazariyot bilan bogiiq holda amalga oshirilishi zarur va bularsiz hech narsaga erishib bo`lmaydi".