Ushbu dastur pedagogika oliy o‘quv yurtlari, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda tasviriy san’atning asosi bo‘lgan rangtasvirning kelib chiqish tarixi va rivojlanishi, tasviriy san’at qonun-qoidalari, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini pedagogik jarayonga puxta tayyorlashda rangtasvirning ahamiyati haqida so‘z boradi. 5110800-tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi mutaxassisi mazkur fanni puxta o‘rganishi dolzarb hisoblanadi