Har qanday jamiyat institutsional muhitini tashkil etuvchi ma’lum bir institutlar doirasida faoliyat yuritadi va rivojlanib boradi.
O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilidan boshlab beshta tamoyil asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida o’zgarishlarga erishildi, iqtisodiyotning yangi xo’jalik yurituvchi sub’ektlari – yirik aktsiyadorlik jamiyatlari, xolding kompaniyalar va xususiy mulkchilikning turli shakllari barpo etildi. Shu bois institutsional muhitni faollashtirish, faoliyat ko’rsatayotgan iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlarini bilish, uni modernizatsiya qilish yo’llarini tanlash va xavf-xatarning oldini olishning samarali vositasi zarur. Institutsional iqtisodiyot, shubhasiz, ana shunday vositalardan biri hisoblanadi. Mazkur taqdimot ilg’or xorijiy tajribani keng o’rganish, umumlashtirish va undan ta’lim va tadqiqotlar jarayonida samarali foydalanish mahsulidir. |
0
|
|