So’nggi yillarda o’z amaliy ijrosini namoyon etib kelayotgan O’zbekiston Konstitutsiyasi, dasturiamal Qonunlar, shu jumladan “Ta’lim to’g’risida”gi va “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonunlar, Prezident Farmonlari va Xukumat qarorlari Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport sohasini bozor munosobatlariga moslashtirish va uni rivojlantirish sur’atini jadallashtirishga qaratilgan huquqiy-moddiy imkoniyatlarini yaratib bermoqda. Binobarin, soha olimlari va mutaxassislariga ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish, mazkur yo’nalish bo’yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan o’quv adabiyotlari, ilg’or ilmiy-pedagogik texnologiyalar ishlab chiqishlari, ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish mas’uliyati yuklanadi.