Tarkibida antratsen va uning unumlarini
tutgan o`simliklarni aniqlash, ularni ajratib olishning samarali usullarini yaratish, antratsen va uning unumlarini kimyoviy tuzilishi va biologik ta`sirini o`rganish hamda ular asosida dorivor moddalar yaratish, tabiiy bo’yoq moddalarni ajratib olish va ularning yangi ajratib olish usullarini ishlab chiqish bioorganik kimyoning muhim va dolzarb vazifasidir. Men tanlagan mavzu antratsenning yangi hosilalarini sintez qilish bo’lib, uning yangi hosilalaridan tibbiyotda, bo’yoq sa noatida qo’llaniladi. Tabiiy birikmalar kimyosi zamonaviy kimyoning muhim tadqiqot sohalaridan biridir. Ko’p hollarda modifikatsiyalangan tabiiy birikmalar o’zining bazi fizik va kimyoviy xossalar jihatdan tabiiy moddalardan ustun turadi. Bu esa o’z navbatida tabiiy, qulay va eng muhimi arzon resurslarni izlab topishni taqozo etadi. Tabiiyki, biofaol moddalar ustida tadqiqotlar olib borilishi faqatgina shu sohada yutuqlarni emas, balki, tabiiy birikmalar kimyosida ham bir qancha yangiliklarni taqdim etadi. Eng asosiysi, bu sohada hali o’rganilishini kutayotgan o’simliklar bir qancha. |
0
|
|