Har bir fan asoslarini chuqur o`rganish kelajak taraqqiyotini ilmiy ko`z bilan ko`ra bilish o`quvchilarga o`rgatish jamiyatning tez suratlar bilan rivojlanishiga yo`l ochadi. Akademik M.T. O`razboev “Olim kelajakni o`z ruhiy dunyosining eng baland cho`qqisidan turib ko`ra olishi va atrofdagilarni shubhalanmasdan etaklashi bilan boshqalardan farq qilishi kerak”-degan edi. Bu esa kelajakda ijodkor shaxslarni ko`paytiradi, texnologiyaga aylanib, mehnatni unumdor bo`lishiga imkoniyat yaratadi. Mehnat samaradorligi, mahsulot sifati va xalqning farovonligi fan rivojidan bog’liqdir. Hozirgi zamon fan va texnikasining taraqqiyoti umumtexnika fanlarining asoslaridan biri bo`lgan nazariy mexanikani puxta o`rganishni talab qiladi.