Fizik kimyoviy analiz. Termik analiz.
Bir nechta fazadan iborat bo’lgan ko’p komponentli sistemalarni tadqiq qilishda fizik kimyoviy analiz (tahlil) usulidan keng foydalaniladi. Fizik kimyoviy tahlil asosida kimyoviy muvozanatdagi sistemaning fizik xossalari va shu muvozanatni belgilovchi faktorlar bog’lanishini o’rganish yotadi. Bu tahlil davomida aniqlab boriladigan xossalarga: issiqlik, elektrik, optik, mexanik va boshqa xossalar kiradi. Bu bog’lanish tadqiqot asosida tarkib – xossa (holat) diagrammasi ko’rinishida ifodalanadi. Ikki komponentli sistemalar uchun odatda ordinata