“Tashqarining” aralashuvisiz o’z-o’zidan bormaydigan jarayonlar notabiiy yoki manfiy jarayonlar deb ataladi. Bunday jarayonlar izolirlangan sistemalarda bora olmaydi, chunki ularning borishi uchun tashqaridan ta’sir zarurdir. Bu ta’sir tashqi muxitdan energiyani ish yoki issiqlik ko’rinishida uzatilishi bilan amalga oshirilishi mumkin. O’z-o’zidan bormaydigan jarayonlarga misol qilib – issiqlikni sovuq jismdan issiqrok jismga o’tishi; elektrolizda moddalarni elektrodlarda ajralib chiqishi; suyuqlikning satxlarini farqini vujudga keltirish va xokazo. Bu misollarda birinchisi sovutgich (xolodilnik) larda elektr energiya yordamida amalga oshirilsa;