Kristallar(yunoncha) (krystallos-muz, tog` billuri) atomlari,ionlari va molekulalari ma`lum tartibda joylashib, fazoviy kristall panjarani tashkil etgan qattiq jismlar. Ko`pchilik  tabiiy yoki texnikaviy qattiq materiallar  polikristallar deb atalib,ular tartibsiz joylashgan, bir necha ayrim mayda kristall donachalardan tashkil topgan bo`ladi. Tabiiy yoki sintetik yakka kristallar esa monokristallar deb ataladi. Kristallografiya- bu kristall fani, ularning tuzilishi, tashqi ko`rinishi va xususiyatlari. Tarixiy jihatdan mineralogiya doirasida kristallografiya ideal kristallarni tasvirlaydigan fan sifatida paydo bo`lgan.