Kompyuter kimyosi - kimyoning informatsion texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin bo‘lgan sohasidir. Ushbu fan kvant-kimyoviy hisoblashlar bilan cheklanib qolmasdan o‘z ichiga empirik usullarda birikmalarning turli xil fizik-kimyoviy xarakterestikalar hisobi, moddalar reaksion qobiliyatini baholash va biologik faolliklarini ifodalovchi matematik modellar tuzish, hamda dinamik jarayonlarni modellash kabi izlanishlarni qamrab olmoqda. Uning yuzaga kelishiga kvant mexanikasi va kvant-kimyo fanlaridagi yutuqlar bevosita sababchi bo‘lgan. Kvant-kimyo fani kimyoning ancha yosh sohalaridan biri hisoblanadi. Kanadalik olim Errol Rewals ―Computational chemistry. Introduction to the Theory and Applications of Molecular and Quantum Mechanics (2003)‖ kitobida yozishicha, kvant-mexanikasining paydo bo‘lishida Shredinger tenglamasi sabab bo‘lgan bo‘lsa, ushbu tenglamaning Hyukkel tomonidan sodda ko‘rinishda kimyoga kirishi kvant-kimyo fanining shakllanishiga sabab bo‘lgan. Xartri, Fok va Rutanlar tomonidan taklif qilingan Shredinger to‘lqin tenglamasining yechimi bugungi kundagi an‘anaviy kvant-kimyoviy hisoblash usullarining asosini tashkil qildi. Ushbu fanning shakllanishida yana Hund, Malliken, Lauvdin, Sleyter, Popl, Parizer, Dyuar va boshqa olimlar muhim ro‘l o‘ynaganlar. Fukui birikmalarning reaktsion qobiliyatini baholashda chegaraviy molekulyar orbitallar muhim ahamiyat kasb qilishini aniqladi va 1981 yilda Hoffman bilan birgalikda Nobel mukofoti sovrindori bo‘lishgan