Insoniyat XXI asrga qadam qo‘ydi. O‘tgan asrning oxirida xalqlarning siyosiy, ijtimoiy,
iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy hayotida yuz bergan jiddiy voqea-hodisalar dunyo qiyofasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Jahon tarixida yangi davr boshlandi. Bu davrning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, davlatlar, xalqlar orasida yaqinlashuv, hamkorlik aloqalari tobora kuchayib, yaxlit siyosyy, iqtisodiy makonlar va ittifoqlar vujudga kelib, yagona xalqaro me’yorlar, qoidalar, andozalarga o‘tish jarayonlari yuz bermoqda. Bugungi kunda umuminsoniyat sivilizatsiyasining istiqbollari jahon xo‘jalik tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishiga bog‘liq bo‘lib qoldi, |
0
|
|