Ushbu qo’llanmada umumiy fizika kursining barcha qismlari bo’yicha chet eldan olingan laboratoriya jixozlaridan foydalanib bajarilishi lozim bo’lgan laboratoriya ishlari va ko’rgazmali ishlarning tavsifi berilgan. Har bir laboratoriya ishi bo’yicha nazariy qism, bajariladigan ishning mohiyati, ishni bajarish tartibi, o’lchanishi lozim bo’lgan fizik kattalikni hisoblash ifodalari, shuningdek, olingan natijalarning xatoliklarini aniqlash, uning o’lchamlarini to’g’ri topish kabi vazifalar talaba oldiga qo’yilgan.