YAshil o‘simliklarning quyosh nuri ishtirokida karbonat angidrid gazi va suvdan organik moddalar hosil qilish jarayoniga fotosintez deyiladi.
J.Pristli (1771) o‘simliklar nafas olish binobarida ifloslangan xavoni tozalashini, YA.Ingengauz (1779) bu jarayon faqat yorug‘lik ishtirokida sodir bo‘lishini isbotladi. J.Senebe va T.Sossyurlar tomonidan yashil o‘simliklar karbonat angidrid gazi va suvdan organik modda xosil qilish va bunda xavoga erkin kislorod ajralib chiqishini ko‘rsatib berdi. K.A.Timiryazev o‘zining “Quyosh, xayot va xlorofill” nomli risolasida fotosintez jarayonining mexanizmini ochib berdi. SHuningdek, fotosintez jarayonini o‘rganishda A.P.Vinogradov, R.V.Tees, S.Ruben va M.Kamen kabi olimlar ham katta xissa qo‘shdilar. Fotosintez ancha murakkab jarayon bo‘lib, bir necha bosqichda sodir bo‘ladi. Bargdagi yashil pigment – xlorofill yorug‘lik energiyasi kvantlarini yutgach, faol xolatga o‘tadi.