O’zbekiston Respublikasi mustaqilligidan so’ng xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida, shu jumladan, qishloq xo’jaligida ham katta o’zgarishlar yuzaga kela boshladi.
O’zbekiston o’z iqlim va tuproq sharoitiga ko’ra oziq-ovqat va xom ashyo beruvchi o’simliklarni yetishtirishda qulay mintaqa hisoblanadi. Istiqlol sharofati bilan yurtimizda g’o’za ekini bilan bir qatorda donli, don-dukkakli, moyli, tuganak mevali, ildizmevali va boshqa ko’plab ekinlar ekiladigan maydonlari kengaytirildi. Dehqonchilikni rivojlantirish va yerdan unumli foydalanish uchun qulay imkoniyatlar ochildi. O’simlikshunoslik va paxtachilik oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi va keng miqyosida yengil sanoat ishlab chiqarishini kengaytirishga va chetdan keladigan daromadni oshirishga imkon beradi. |
0
|
|