Tuproqshunoslik kursida o’tiladigan amaliy mashg’ulatlarning asosiy vazifasi tuproqlarni dala sharoitida olish va ularni analizga tayyorlash usullarini, tuproqning morfologik tuzilishini, granulometrik tarkibini, tuproq monolitlari olishni, suvli so‘rim analizi natijalarini taxlil qilish va tuproqning kimyoviy tarkibini aniqlash usullari bilan tanishish kabi masalalatni o’rgatish.
Amaliy mashg’ulotlari talabalar uchun fanning ma’lum bir tomonlarini chuqurroq va mustaqil o’rganishga imkoniyat yaratib beradi. Talabalarni shu fandan maruza darslari mobaynida olgan bilimlarini chuqurlashtirish hamda mustahkamlash, tajribalar qo’yish va mustaqil holda dala va labotatoriya ishlarini bajatishni o’rganadi.