Amaldagi 5141000 - Tuproqshunoslik bakalavriat ta’lim yo‘nalishi davlat ta’lim standarti (2018) hamda « Tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish » fanning o‘quv dasturiga (2018) muvofiq talabalar tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish kursi bo‘yicha tuproqshunoslikning ilmiy asoslari, tuproqshunoslikning rivojlanish tarixi, tuproq qoplamining paydo bo‘lishi, tuzilishi, tarkibi va xossalari, geografik tarqalish qonuniyatlari, tabiatdagi funksiyasi va ahamiyati, unumdorligi to‘g‘risida tegishli bilimga ega bo‘lishlari talab qilinadi.
Tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish fanining maqsadi– talabalarga tuproqshunoslikning ilmiy asoslari, tuproqshunoslikning rivojlanish tarixi, tuproq qoplamining paydo bo‘lishi, tuzilishi, tarkibi va xossalari, geografik tarqalish qonuniyatlari, tabiatdagi funksiyasi va ahamiyati, unumdorligi, dala, laboratoriya va kuzatuv sharoitida tuproq qoplamining xosil bo‘lishi, fizik xossalari va kimyoviy tarkibi to‘g‘risida hozirgi zamon ta’limotini berishdir