“O‘zbek tili va adabiyoti, folklorining tarixan shakllangan adabiy, lingvistik maktablari va ta’limotlarini, mumtoz va zamonaviy metodlarini, buyuk ajdodlarimizning o‘zbek va jahon tilshunosligi rivojiga qo‘shgan hissasi, ularning ilmiy merosi, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari, o‘zbek tili va adabiyotining rivojlanish istiqbollari bilan bog‘liq ilmiy muammolarni tadqiq etish” vazifasidan kelib chiqqan holda fanni o‘qitishning maqsadi tilning ijtimoiy tabiati, til bilan jamiyatning o‘zaro bog‘liqligi, lisoniy vaziyatlar, tilning funksional tasniflari, sotsiolingvistikada savodxonlik masalalari haqida ma’lumot berish.