O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, kimyo fanlari doktori, professor. 600 dan ortiq ilmiy maqolalar, 100 dan ortiq ixtirolari bor. 10 ta fan doktori, 80 ta fan nomzodlarini tayyorlagan. G’o’zadan ajratib olingan moddalarni kompleks kimyoviy tekshirish natijalariga bag’ishlangan ishlari uchun 1985-yilda D.I.Mendeleev nomidagi oltin medal bilan taqdirlangan. Mehnat qahramoni unvoniga sazovor bo’lgan. Beruniy nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti laureati, bioorganik kimyo fanining asoschisi va O’zFA Bioorganik kimyo institutiga asos solgan. “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi (2002 yil). Dunyoga mashhur bo’lgan kimyogar olimlar kitobiga kiritilgan o’zbek olimi