Ushbu o’quv uslubiy qo’llanma amaldagi ishchi dastur asosida tayyorlangan bo’lib, 5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha) yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. Unda arxivshunoslik fanini o’qitishda zamonaviy shakl va metodlar orqali o’qitish samaradorligini oshirish yo’llari, ta’limda innovatsion texnologiyalarni qo’llash orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash kabi materiallar, fanning mohiyati, arxiv hujjatlari va ulardan foydalanish haqidagi ma’lumotlar yoritilgan.
Ushbu o’quv uslubiy qo’llanma Guliston davlat universiteti ilmiy kengashining 2016 yil 28 yanvardagi 5 - sonli yig’ilish bayonnomasiga asosan nashrga tavsiya etilgan.