Xromatografiya moddalarni ajratish, konsentrlash va tahlil qilish usullaridan biri bo`lib, ularning o`zaro aralashmaydigan ikki faza (turg`un va harakatchan) orasida turlicha taqsimlanishiga asoslangan. Turg`un fazaning sirti bilan tutashganda aralashma tarkibidagi moddalar o`z adsorbilanishi va erish xususiyatlariga mos ravishda turg`un va harakatchan fazalar orasida tarqaladi. Natijada dinamik (harakatchan) muvozanat yuzaga keladi va ajratiladigan aralashma tarkibidagi molekulalar yoki bu fazada tarqalib turadi. Xromatografik sistema bo`ylab faqat turg`un fazada bo`lgan molekulalar harakatlanadi. Turli moddalar bu fazalarga turlicha munosabatda bo`ladi. Turg`un faza bilan kuchliroq ta`sirlashadigan modda xromatografik sistema bo`ylab sekin harakatlanadi.