O`zbekiston Respublikasining jahon miqyosida obro`-e`tibori ortib, uning boshqa mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy aloqalari kundan-kunga kengayib borayotganligini chet tillarini o`rganishga bo`lgan talabini ham toboro kuchaytirmoqda. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, savdo-sotiq, sayyohlik va madaniy aloqalarining rivojlanishi xalq xo`jaligining har qanday sohasida band bo`lgan kishidan hech bo`lmaganda 1-2 chet tilini bilishini taqozo etmoqda.