Mazkur o’quv qo’llanma Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
Ilmiy-metodik kengashi tomonidan bakalavr bosqichi davlat ta`lim standartiga kiritilgan "Biokimyo" fani yo’nalishi bo’yicha tasdiqlangan dastur asosida yozilgan bo’lib, universitetlar va pedagogik institutlarning biologiya fakulütetlari talabalari uchun mo’ljallangan. Ushbu o’quv qo’llanmani yozishda muallif o’zining ko’p yillik pedagogik tajribasiga tayangan holda, biokimyo faniga joriy qilingan uslubi asosida avval biokimyo fanining statik va dinamik bo’limi talabiga javob beradigan tartibda bayon qilingan. Shuningdek, muallif biokimyo fanining oxirgi o’n yillik ichidagi ilmiy ma`lumotlarini muxtasar ravishda bayon qilishga harakat qilgan. Qo’llanma hujayra energetikasi, gen muhandisligi, klonlash va transgen organizmlar haqidagi yangi g’oyalar bilan boyitilgan. Mazkur o’quv qo’llanmadan nafaqat biokimyo darsida, balki fizika-kimyoviy biologiya fanlarini o’zlashtirishda ham talabalar, magistrlar, aspirantlar va o’qituvchilar foydalanishlari mumkin. |
0
|
|