Ma‘lumki, O‗zbekiston o‗z mustaqilligiga erishgach, qisqa vaqt ichida
davlatchiligini, mustaqil moliya, kredit, sug‗urta va boshqa sohalarni shakllantirish, ular vositasida murakkab xo‗jalik va ijtimoiy jarayonlarni mohirlik bilan boshqarishni ham yo‗lga qo‗ya oldi. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida moliya tizimining ahamiyati tobora ortib borishi moliya organlarining faoliyatiga talabni kuchaytirib yubormoqda. Bu moliya tizimining o‗ziga xos tomonlari shundaki, turlicha mulk subyektlarining xo‗jalik yuritishdagi teng huquqli munosabatlarini o‗zida ifoda etadi. |
0
|
|