O‘quv qo‘llanma kichik biznes va xususiy tadbirkorlik masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mohiyati va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tutgan o‘rni ochib berilgan.
Kichik biznes subyektlari soliqqa tortishning xohlagan tartibini tanlash huquqiga ega ekanliklarini e’tiborga olib, o‘quv qo‘llanmada soliqqa tortishning turli tartiblari, ya’ni: - soliqqa tortishning umumbelgilangan tartibi; - soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibi; - xususiy tadbirkor-jismoniy shahslarni soliqqa tortish masalalari alohida alohida ko‘rib chiqilgan. O‘quv qo‘llanmada o‘qitishning ilg‘or pedagogik yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan kichik biznes subyektlarini soliqqa tortish amaliyotida uchraydigan muayyan muammolarni hal qilishga o‘rgatuvchi faoliyat o‘yini (äeëoâaÿ èãðà) ssenariysi keltirilgan. O‘quv qo‘llanma iqtisodiy oliy o‘quv yurtlarining bakalavrlariga, magistrlariga, professor-o‘qituvchilariga, ilmiy xodimlarga, barcha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni soliqqa tortish masalalariga qiziquvchilarga mo‘ljallangan. |
0
|
|