Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz


Muallif (lar): SHAVKAT RAHIMOV
Chiqarilgan yili: 0
Resurs betlari soni: 102
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): 2213

Milliy dutorga tor taqiladi. Dutorning birinchi tori «re» (kichik oktava) tovushiga, ikkinchi tori «lya»
(kichik oktava) tovushiga , bundan tashqariasar ijro etilishiga qarab, ikkinchi tori «sol» (kichik oktava)
tovushlariga sozlanishi mumkin, ba’zi vaqtlarda esa, ikkala tor ham unsonga, ya’ni bir xil tovushga sozlanishi
mumkin.
Milliy dutor sozi
Alt dutorining birinchi tori «lya» (birinchi oktava) tovushiga, ikkinchi tori «mi» (birinchi oktava)
tovushiga, bundan tashqari qanday asar ijro etilishiga qarab , ikkinchi tor «re» (birinchi oktava)
tovushlariga sozlanadi.
Alt dutor sozi
Prima dutorining birinchi tori «lya» (ikkinchi oktava) tovushiga , ikkinchi tori «mi» (ikkinchi oktava)
tovushiga, qanday asar ijro etilishiga qarab, ikkinchi tor «re» (ikkinchi oktava) tovushlariga ham sozlanadi.
Prima dutor soziAlterasiya belgilari.
Musiqa tovushlarini yuqoriga yoki pastga o‘zgartiruvchi belgilar alteratsiya belgilari deyiladi. Alteratsiya
belgilari nota oldiga (chap tomoniga )qo‘yiladi va nota nomi bilan qo‘shib o‘qiladi.
# - diez belgisi - tovushni yarim ton yuqoriga ko‘taradi;
- bemol belgisi - tovushni yarim ton pasaytiradi;
 - dubl diyez belgisi - tovushni bir ton yuqoriga ko‘taradi;
- dubl bemol belgisi - tovushni bir ton pasaytiradi;
- bekar belgisi - ko‘tarilgan yoki pasaytirilgan tovushni o‘z holiga keltiradi.
Musiqadagi sur’at (temp) turlari , ularning yozilishi va ma’nosi.
Vazmin sur’atlar.
L a r g o - largo – juda cho‘zib;
L e n t o – lento – cho‘zibroq;
A d a g i o – adajio –og‘ir - vazmin.
O‘rtacha sur‘atlar.
A n d a n t e - andante - sekin - asta, oshiqmasdan;
A n d a n t i n o - andantino - andantedan sal tezroq;
M o d e r a t o - moderato - o‘rtacha tezlikda;
S o s t e n u t o - sostenutu - salobatli;
A l l e g r e t t o - allegretto - bir oz jonlanib;
A l l e g r o m o d e r a t o - allegro-moderato - o‘rtacha tez.
Tez sur’atlar.
A l l e g r o - allegro - tez;
V i v o - vivo - jonli;
V i v a c e - vivache - jadal;
P r e s t o - presto - tez, oshiqib;
P r e s t i s s i m o - prestissimo - juda tez.
Sur’atlarni tezlashtirish va sekinlashtirish belgilari.
M o l t o -molto -orttirib;
m a n o n t r o p p o - ma non troppo -kamaytirib;
r i t e n u t o -ritenuto - sekin - asta og‘irlashtirib;
a t e m p o -  tempo - avvalgi sur’atga qaytish.
Ijro etish harakterini bildiruvchi belgilar.
Dinamik ishoralar (tuslar)
pp – pianissimo – juda mayin, juda kuchsiz;
p – piano – mayin, kuchsiz;
mp – messo piano – o‘rtacha mayin;
mf – messo forte – o‘rtacha kuchli;
f – forte – kuchli;
ff – fortissimo – juda kuchli;
– kreshchendo – tovushni asta - sekin kuchaytirish;
- diminuendo – tovushni asta - sekin pasaytirish;
Sf – sforsando – keskin, kuchli zarb;
Sp - subito piano - keskin, mayin zarb;
> - aksent - noxunni pastga qarata kuchli (urg‘uli) zarb bilaForshlag
Forshlag nemischa so‘z bo‘lib, bosim oldidan degan ma’noni bildiradi. Forshlag o‘zbek xalq kuylarida
ko‘p uchraydi. Forshlag belgisi kichkina notacha bilan ko‘rsatilib, bir pardadan ikkinchi bir pardaga tez
ko‘chishni anglatadi. Forshlaglar takt ichidagi sanoqqa kirmaydi (sozandalar forshlagni qochirim deb ham
Ko'chirish: DUTOR.pdf 2.1 Mb

--------Qr Code--------
 
Ko'rildi: 181     Ko'chirildi: 217


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz