Ushbu o`quv qo`llanma umumta`lim maktablari geografiya fani o`qituvchilari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda maktab geografiya darslarida joy nomlaridan foydalanish, toponimika fani haqida qisqacha ma`lumot, uning rivojlanish tarixi, nomlarning paydo bo`lishi, ulardan geografiya darslari jarayonida unumli foydalanish va joy nomlarining izohiga bag`ishlangan.
O`quv qo`llanmadan umumta`lim maktablari, akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari geografiya o`qituvchilari, universitet va pedagogika institutlarining “Geografiya” yo`nalishi talabalari, magistrlar, aspirantlar, toponimika sohasida izlanish olib borayotgan ilmiy xodimlar va joy nomlari bilan qiziquvchi barcha o`quvchilar foydalanishlari mumkin.