Fan va texnika jadal suratda rivojlanayotgan hozirgi paytda yangi texnalogiyadan foydalanib dars o’tishni hayot taqozo qilmoqda. Kelajagimiz bo’lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o’tkir bilimli qilib tarbiyalashda maorif sohasida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shu nuqtai nazardan bu tayyorlangan ko’rgazmalar o’quvchilarga mavzuni yanada tushunarli bo’lishiga yordam berishi bilan birga o’qituvchilarni texnik vositalar yordamida sifatli dars o’tishlariga imkon beradi. Ayni vaqtda dars samaradorligini oshirish maqsadida yangi texnologiyadan foydalanib dars o’tish dolzarb masala hisoblanadi