Ushbu uslubiy ko‘rsatma amaldagi dasturlar asosida tayyorlangan bo‘lib, 60110600 – “Matematika va informatika” bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan 5 kurs sirtqi talabalari uchun mo‘ljallangan. Unda zamonaviy pedagogik texnologiyalar tizimiga asoslangan holda nazariy materiallar, amaliy ishlarni bajarish uchun uslubiy talablar va topshiriqlar, bilimlarni nazorat qilish uchun savollar majmuasi kabilar keltirilgan. Shuningdek web dasturlash va dizayn masalalarini yechishda, WEB saxifalar yaratish, ma’lumotlar bazalalari bilan ishlash masalalarini qamrab oladi. Bu uslubiy ko‘rsatmaning maqsadi tinglovchilarga ta’lim standartida talab qilingan bilimlar, ko‘nikmalar va tajribalar darajasini ta’minlashdir.