Baxtiyor Anorqulov Norqul oʻgʻli 01.12.2025-12:13:13 |
Trener-o‘qituvchi o‘zining aniq sharoitlari va imkoniyatlariga eng ko‘p mos
keladigan o‘quv-trenerovka jarayonini ongli ravishda tanlab olishi foydadan holi emas. Bu ish mashg‘ulotning muhim tomonlarini tanlashdagi tavakkalchilikka, bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish jarayonini boshqarishga qandaydir tasodifiy yondashishga yo‘l qo‘ymaydi. Mashg‘ulot, yuqorida aytib o‘tilganidek, o‘quv-mashq jarayonini tashkil etishning o‘zgarmas shakli emas. O‘quv-mashq amaliyoti va pedagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish yo‘larini izlaydi, Bu sohada turli xil o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari, tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosida o‘tkazilayotgan sport musobaqalarida o‘rtaga qo‘yilayotgan ilg‘or trener o‘qituvchilarning fikr va mulohazalari diqqatga sazovordir. |
Ko'chirildi: 42
|
0
|
![]() |
|