Mazkur kontent 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishining “Adabiyotshunoslik nazariyasi” fani dasturi bo‘yicha tayyorlangan. Unda shakl, mazmun, ijodiy metod va uslub tushunchalariga doir nazariy ma’lumotlar, ijodkor «men»iga xos xususiyatlar, obraz va muallif munosabati, badiiy obrazning yaratilishi va uning yuzaga kelish omillari, uslubiy o‘ziga xoslik va undividuallik, istiqlol davri o‘zbek romanlarida postmodernizm uslubiga xos adabiy oqimlarning bo‘y ko‘rsatishi, badiiy mahorat masalalari tahlil etilgan. Kontent Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi talabalari, magistrantlari hamda shu soha yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarga mo‘ljallangan