Ushbu qo‘llanma kimyo muhandisligi oliy o`quv yurtlari talabalari uchun tuzilgan. Qo‘llanma 30 ta boʻlimdan iborat boʻlib, ularning har birida ixtisoslikni hisobga olgan holda tanlangan matn (ilmiy uslubda tuzilgan va ichida maxsus kasbiy terminologiya mavjud). Har bir matndan keyin savollar beriladi, ularning maqsadi – talabalarning yangi materialni tushunishlarini tekshirishdan iborat. Bundan tashqari, har bir matndan keyin yangi bilimlarni amaliyotda qo`llash ko`nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan mashqlar keltirilgan. Har bir bo‘lim tanlangan mavzu bo‘yicha faol lug‘at (so‘zlar ingliz, rus va o‘zbek tilida berilgan) ro‘yxati bilan yakunlanadi. Qo`llanma talabalarga ingliz tilini maxsus maqsadlarda o`rganish (ESP), ilmiy va ilmiy-ommabop matnlardan kerakli ma`lumotlarni olish va ularni tahlil qilish, shuningdek, professional lug`atini va ilmiy nutq uslubiga xos bo`lgan asosiy sintaktik konstruktsiyalar bilan boyitish imkonini beradi.