Bugungi kunda ta’lim tizimida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan,
jumladan Web texnologiyalar va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan foydalanish, shuningdek, ma’lumotlarni boshqarishni avtomatlashtirish muhim vazifalardan hisoblanmoqda. Ushbu o`quv qo`llanmada ana shu masalalar xususida: mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo`llari va usullari haqida fikr yuritilgan. O`quv qo`llanmada Apache+PHP+MySQL birgalikda ishlatiluvchi zanjir tizimi to`liq yoritilgan bo`lib, ushbu uchlik yordamida Webga mo`ljallangan ma’lumotlar bazasini yaratish va ulardan foydalanish bo`yicha ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, qo`llanmada terminologik masalalarga ham e ’tibor qaratilgan va yetarlicha yoritishga harakat qilingan. O`quv qo`llanma bakalavr va magistratura mutaxassisligi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, Web texnologiyalari va Web dasturlash fanlarining asosiy mazmunini ochib berishga qaratilgan. Qo`llanmada talabalar mustaqil o`zlashtirishlari uchun topshiriqlar, ularning yechimlari va dasturiy kodlar berilgan. |
0
|
|