Ushbu darslikda qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining nazariy, tarixiy va ilmiy-amaliy masalalari keltirilgan. Qishloq xo‘jaligida yer, mehnat va moddiy-texnika resurslarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanishning iqtisodiy asoslari batafsil yoritib berilgan. Qishloq xo‘jaligi sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining investitsiya va innovatsion faoliyati, qishloq xo‘jaligida tabiiy resurslardan foydalanishning ekologik va iqtisodiy samaradorligiga alohida e’tibor qaratilgan.
Bozor sharoitida o‘simlik va chorvachilik mahsulotlarining ayrim turlarini ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi, ishlab chiqarish xarajatlari va sotish narxlari masalalari har tomonlama ko‘rib chiqilgan. Mamlakatimizda qabul qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq iqtisodiyotni globallashuvi sharoitida qishloq xo‘jaligiga raqamli iqtisodiyotni joriy etish va aqlli qishloq xo‘jaligi konsepsiyasini qo‘llash masalalari yoritilgan. Qishloq xo‘jaligida klasterlashtirish tizimini izchil davom ettirish va kooperatsiya munosabatlarini qaror toptirish orqali rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur darslik oliy ta’lim muassasalari talabalari, doktorantlar, o‘qituvchilar, qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislari, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari uchun mo‘ljallangan. |
0
|
|