Ushbu “Paxtachilik ma’lumotnomasi”da paxtaning xalq xo’jaligidagi ahamiyati, O’zbekistonning dunyo paxtachiligida tutgan o’rni, xorijiy davlatlarda paxta etishtirish va qayta ishlash, paxta yetishtiriladigan hududlarning tabiiy sharoitlari, irrigatsiya va melioratsiya g’o’za biologiyasi, selektsiyasi va urug’chiligi, g’o’za va almashlab ekish majmuidagi ekinlar agrotexnikasi, g’o’za zararkunandalari, kasalliklari va begona o’tlarga qarshi kurash, qishloq, xo’jaligi mashinalari va ularni ishlatish, paxtachilik tarmog’i iqtisodiyoti to’g’risida ma’lumot keltirilgan.