Pillachilik qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib,
to‘qimachilik sanoatini xom-ashyo bilan ta’minlaydi.Respublikamiz xalq xo‘jaligi va aholining turmush darajasi yaxshilangan sari uni tabiiy ipakdan to‘qilgan turli kiyimlarga bo‘lgan ehtiyoji ham ortib bormoqda. Tabiiy ipakdan qimmatli, pishiq gazlamalar to‘qilib, undan aviatsiya, kosmonavtika sanoatida, tabobatda, radiotexnika va boshqa sohalarda keng foydalaniladi. Shuning uchun Respublikamizda ipakchilikni yanada rivojlantirishga katta e’tibor berilmokda. Hozirgi zamon ipakchiligining vatani janubi-sharqiy Osiyodir. |
0
|
|