Ushbu o’quv qo’llanma Oliy ta’limning bakalavriat bosqichi 60812100 – “Dorivor o’simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlov fanlar qismiga tegishli “Goji yetishtirish texnologiyasi” kursi dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, unda goji o‘simligining botanik tavsifi, tarqalish areallari, ko‘paytirish xillari, o’simlik ontogenezi, antekologiyasi, sho’rlangan hududlarda o’stirish masalalari, mevasidan tabobatda foydalanish yo’llari to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Mazkur o’quv qo’llanma universitetlar va qishloq xo‘jaligi oliygohlarining agronomiya, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishlarida o’qiyotgan bakalavrlar hamda magistrlar, shuningdek fermerlar va qishloq xo‘jaligi xodimlariga mo‘ljallangan.